Uploaded by common.user19421

Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar - magistratura o'quv dasturi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
Ro‘yxatga olindi:
2026 yil ___________
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat
xavfsizligi instituti direktori:
_____________ T.F. Rajabov
2026 -yil “__”________
BIOREAKTORLAR, APPARATLAR VA JARAYONLAR FANINING O‘QUV DASTURI
(kunduzgi ta’lim shakli 1-semestr)
(Magistratura bo`limi)
Bilim sohasi:
Ta’lim sohasi:
Mutaxasislik:
700000
71000070710201 –
Muhandislik, ishlov berish va qurilish
Muhandislik ishi
Biotexnologiya
Samarqand-2026
1
Mazkur o‘quv dasturi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti Kengashining
2026-yil ___- ________dagi ___-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan.
Mazkur o‘quv dasturi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining “Biotexnologiya va o‘simliklar
genomikasi ” kafedrasi tomonidan taqdim etilgan (kafedraning 2026-yil ___- _________dagi ___sonli yig‘ilish bayoni).
Tuzuvchilar:
R.Sh.Shukrullozoda - Sharof Rashidov nomidagi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat
xavfsizligi institutining “Biotexnologiya va o‘simliklar genomikasi” kafedrasi dotsenti, PhD.
Taqrizchilar:
Xusanov T.S. – O’zFA, “Mikrobiologiya insitituti” katta ilmiy hodimi, PhD (tashqi)
Bozorov.B.M. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo
institute”Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo” kafedrasi dotsenti (ichki)
2
1. Fan ma’lumotlari
Fan/modul kodi
BAJ1106
O‘quv yili
2026-2027
Semestr
1
ECTS – Kreditlar
6
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek
O‘quv rejadagi tartib raqami
70710201 –1106
Haftadagi dars soatlari
12
Fanning nomi
Bioreaktorlar,
apparatlar va
jarayonlar
Jami
yuklama
(soat)
180
Auditoriya mashg‘ulotlari jami –
72 soat, shundan:
Maruza
Amaliy
Lab.
Sem.
Mustaqil
ta’lim
(soat)
24
24
0
24
108
Kurs ishi
0
2.Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga biotexnologiya, ishlab chiqarish sanoatlaridagi texnologik
jarayon va qurilmalari turlarini va konstruksiyalari, ishlash prinsiplari, qonuniyatlari, hisoblash
usullari, texnologik jarayon operatsiyalari, uskunalariga, jarayon samaradorligiga turli omillarning
ta’siri va nazorat qilish haqidagi bilimlarni berishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – talabalarni ishlab chiqarish hamda sanoatdagi jarayon va qurilmalar, texnologik
jarayonlar ketma-ketligi va tavsifi bilan yaqindan tanishtirish va ularda malakaviy ko'nikmalarni
shakllantirishdan iborat.
3.Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
1. Biologiya asoslari
2. Biologik preparat olish biotexnologiyasi
4.
Ta’lim natijalari (TN)
Kasbiy kompetensiyalar:
“Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” fani bo‘yicha talaba biotexnologik ishlab chiqarish
jarayonlarida qo‘llaniladigan bioreaktorlar, texnologik apparatlar va asosiy jarayonlarning
mohiyatini ilmiy asosda tushunish, mustaqil fikrlash, tahlil qilish hamda asoslangan xulosa va
TN1
qarorlar qabul qilish kompetensiyalariga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, talaba biotexnologik
jarayonlarning fizik-kimyoviy, mikrobiologik va muhandislik asoslari bo‘yicha tizimli
tasavvurga ega bo‘lishi talab etiladi.
Fan orqali talabalarda biotexnologik ishlab chiqarishda ishlatiladigan bioreaktorlarning
tuzilishi, ishlash prinsipi, turlari va ulardan foydalanish sharoitlari bo‘yicha bilimlar
shakllantiriladi. Jumladan, fermentatsiya jarayonlarini tashkil etish, mikroorganizmlar uchun
TN2
optimal muhit yaratish, aeratsiya, aralashtirish, harorat, pH va bosim kabi parametrlarni nazorat
qilish hamda texnologik jarayonlarni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar
rivojlantiriladi.
Ko‘nikmalar:
TN3
Talaba bioreaktorlar va texnologik apparatlarning asosiy konstruktiv qismlarini farqlash,
ularning vazifasini tushuntirish, biotexnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan uskunalarni tanlash
3
hamda ulardan xavfsiz va samarali foydalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi lozim.
Talaba biotexnologik jarayonlarni rejalashtirish va tashkil etish, bioreaktorda kechadigan
fermentatsiya, sterilizatsiya, aralashtirish, massa almashinuvi va issiqlik almashinuvi
TN4
jarayonlarini tahlil qilish, olingan natijalarni ilmiy jihatdan baholash hamda texnologik
parametrlarni optimallashtirish kompetensiyalarini egallashi talab etiladi.
Fan doirasida shakllantirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida talaba biotexnologiya,
mikrobiologiya, oziq-ovqat, farmatsevtika va ekologik biotexnologiya sohalaridagi ilmiyTN5
tadqiqot hamda ishlab chiqarish jarayonlarida bioreaktorlar va texnologik apparatlardan
samarali foydalanish malakasini rivojlantiradi.
5.
2026/2027-o‘quv yili 1-semestr uchun fan mazmuni va mashg‘ulotlar shakli:
Soat
Ma’ruza (M)
24
M1
Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
Biotexnologik ishlab chiqarishning umumiy bosqichlari.
2
M2
Sanoatda qo‘llaniladigan bakteriyalar, achitqilar, zamburug‘lar va mikroalgalar.
Produsentlarning metabolik imkoniyatlari, mahsulot sintezi va o‘sish xususiyatlari.
2
M3
Oziqa muhitlarining tarkibini tanlash va optimallashtirish. Uglerod, azot, mineral
tuzlar, o‘sish omillari va biologik faol komponentlarning roli.
2
M4
Biotexnologik ishlab chiqarishda aseptik sharoitning ahamiyati. Kontaminatsiya
manbalari va ularni oldini olish strategiyalari.
2
M5
Mexanik aralashtirgichli, barbotajli,
kombinirlangan bioreaktorlar.
2
M6
Fermentatsiya jarayonlarini tashkil etish: batch, fed-batch va continuous tizimlar
2
M7
Bioreaktorlarda aralashtirish, aeratsiya va gaz-suyuqlik massa almashinuvi
jarayonlarini boshqarish
2
M8
Bioreaktorlarda issiqlik rejimi, gidrodinamika va jarayon parametrlarini
optimallashtirish
2
M9
Maxsus va innovatsion bioreaktorlar: fotobioreaktorlar, immobilizatsiyalangan
tizimlar va bir martalik bioreaktorlar
2
M10
Fermentatsiyadan keyingi jarayonlar: biomassani ajratish, filtrlash, sentrifugalash
va membranali texnologiyalar
2
M11
Biomahsulotlarni ajratish, tozalash va
xromatografiya, konsentrlash va quritish
2
M12
Bioprotsesslarni avtomatlashtirish,
samaradorligi va ekologik xavfsizlik
havo
ko‘taruvchi,
barqarorlashtirish:
scale-up,
GMP
kolonnali
va
ekstraksiya,
talablari,
energiya
Amaliy mashgʻulotlar (A)
24
А1
Bioreaktorlarning tuzilishi, asosiy qismlari va konstruktiv sxemasini tahlil qilish
2
А2
Mikroorganizmlar o‘sish kinetikasi va fermentatsiya egri chizig‘ini tahlil qilish
Lag, log, statsionar va nobud bo‘lish fazalarini grafik asosida tahlil qilish.
2
А3
Davriy, yarim uzluksiz va uzluksiz bioreaktorlarning ish rejimlarini solishtirish
2
А4
Bioreaktorda substrat sarfi, biomassa hosil bo‘lishi va mahsulot chiqimini hisoblash
2
4
А5
Aeratsiya tizimlari, havo berish usullari,
mikroorganizmlar o‘sishiga ta’sirini o‘rganish.
aralashtirgich
turlari
va
ularning
2
А6
Aralashtirish tezligi, aralashtirgich turi, muhit qovushqoqligi va energiya sarfi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni tahlil qilish.
2
А7
Bioreaktorlarda massa almashinuvi va kislorod uzatilish ko‘rsatkichlarini hisoblash
2
2
А8
Fermentatsiya jarayonida issiqlik hosil bo‘lishi, isitish va sovitish tizimlarini tahlil qilish.
Haroratning mikroorganizmlar faolligi, fermentativ reaksiyalar va mahsulot sifatiga
ta’sirini baholash.
А9
Maxsus bioreaktorlar: immobilizatsiyalangan hujayra, “qaynovchi qatlam” va
fotobioreaktor tizimlarini tahlil qilish
2
А10
Fermentatsion apparatlarda sterilizatsiya jarayonlarini nazorat qilish va aseptik rejimni
baholash
2
А11
Bioreaktorlarning avtomatik boshqaruv tizimini modellashtirish: pH, harorat va O₂
nazorati
2
Kultural suyuqlikdan biomassani ajratish, sentrifugalash, filtrlash va separatsiyalash
А12 usullarini o‘rganish. Ekstraksiya, xromatografiya, konsentrlash va tozalash jarayonlarini
mahsulot turi bo‘yicha tanlash va tahlil qilish.
2
Seminar mashgʻulotlari
24
S1
Biotexnologiya sanoatida bioreaktorlar va texnologik jarayonlarning o‘rni
2
S2
Mikroorganizmlardan biofaol moddalar olish texnologiyalari
2
S3
Aerob va anaerob mikroorganizmlarni sanoat sharoitida kultivatsiyalash
2
S4
Davriy, yarim uzluksiz va uzluksiz bioreaktorlarning sanoatdagi qo‘llanilishi
2
S5
Ferment preparatlari ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalari
2
S6
Mikroorganizmlar asosida oqsil, aminokislota va boshqa biopreparatlar ishlab chiqarish
2
S7
Bioreaktorlarda steril ishlab chiqarish, kontaminatsiya xavfi va bioxavfsizlik masalalari
2
S8
Fermentatsiya jarayonlarida aralashtirish, aeratsiya va muhit parametrlarini boshqarish
2
S9
Fermentatsiyadan keyingi jarayonlar: filtrlash, separatsiyalash va biomassani ajratish
2
S10
Biomahsulotlarni tozalash va konsentrlash usullari: ekstraksiya, xromatografiya va
membranali texnologiyalar
2
S11
CFD, sun’iy intellekt va raqamli modellashtirish yordamida biotexnologik jarayonlarni
optimallashtirish
2
S12
Bioreaktorlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari: SCADA, PLC, IoT va sanoat
monitoringi
2
6.Mustaqil ta’lim topshiriqlari
108
1
Aralash tipdagi bioreaktorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi
10
2
Gidromexanik jarayonlar va ularning biotexnologik ishlab chiqarishda qo‘llanilishi
10
3
Rekuperativ va regenerativ issiqlik almashinuv qurilmalari
10
4
Mikroorganizmlar asosida gormonal preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi
12
5
Sedimentatsiya uskunalarining ishlash prinsipi va hisoblash usullari
10
5
6
Antibiotiklar ishlab chiqarish texnologiyasi va fermentatsion apparatlar
12
7
Bioreaktorlarda massa almashinuv jarayonlarini hisoblash
12
8
Adsorberlar va ekstraktorlarning biotexnologik jarayonlarda qo‘llanilishi
10
9
Bioreaktorlarda aeratsiya tizimlarini boshqarish va hisoblash usullari
12
10
Quritgichlarning ishlash prinsipi va hisoblash usullari
10
*Izoh: Fan (modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega
bo‘lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash
(kooperativlik)ga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
7.Ta’lim texnologiyalari va metodlari
►
►
►
►
►
►
►
Ma’ruzalar;
amaliy, laboratoriya ishlarni bajarish va xulosalash;
interfaol keys-stadilar;
blits-so‘rov;
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
8.Talabalar tomonidan kreditlarni olish uchun talablar
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira
olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va nazorat uchun berilgan
vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
9.Talabala bilimini baholash mezoni
a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
►
fanning mohiyati va mazmunini to‘liq yorita olsa;
►
fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va
chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
►
fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasawurga
ega bo‘lsa;
►
fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
►
berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;
►
konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;
►
mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;
►
barcha amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan bo‘lsa;
►
nazariy bilimlarni turli vaziyatda qo‘llash olish;
►
tizimli yondashish, uzviylikka amal qilish.
b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
►
fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va
mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;
►
fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan bo‘lsa;
►
fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirasida bajarsa;
►
fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;
►
fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;
►
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
6
►
barcha amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga harakat qilgan bo‘lsa.
d) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
►
fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;
►
fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l
qo‘yilsa;
►
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;
►
bayon qilish ravon bo‘lmasa;
►
fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
►
fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.
e) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:
►
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;
►
fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasawurga ega bo‘lmasa;
►
fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajarmagan bo‘lsa;
►
fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;
►
fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
►
fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
►
fanni bilmasa.
10. Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar
1.
Safarov J.E.,Sultanova Sh.A. “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” Toshkent-2018
2.
Юсупбеков H.P., Нурмухамедов X.C. Зокиров С.Г. “Кимйовий технология асосий
жараёнлар ва курилмалар”. Дарслик . Тошкент 2003
3.
Xo‘jamshukurov N.A., Maksumova D.Q. Biotexnologik jarayonlarning jihozlari. Darslik Т.:
Tafakkur bo'stoni. 2014.
4.
Салимов З. Кимёвий технологиянинг асосий жараёнлари ва курилмалари. Дарслик. Т.:
Укитувчи. 1995.
5.
Safarov J.E.,Sultanova Sh.A. “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” Toshkent-2018
Qo‘shimcha adabiyotlar
6.
Safarov J.E.,Sultanova Sh.A. “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” Toshkent-2018
7.
Юсупбеков H.P., Нурмухамедов X.C. Зокиров С.Г. “Кимйовий технология асосий
жараёнлар ва курилмалар”. Дарслик . Тошкент 2003
8.
Xo‘jamshukurov N.A., Maksumova D.Q. Biotexnologik jarayonlarning jihozlari. Darslik Т.:
Tafakkur bo'stoni. 2014.
Axborot manbalari
9.
SamDu Library https://e-library.samdu.uz/book/08dbb03e-566e-4930-8d4e-3239cb54b483
10. https://t.me/biochemtexkutubxona
11 www.cbio.ru
11. O‘QUV DASTURINING QIYOSIY TAHLILI
O‘quv dasturi xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World
University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World
Universities) reytingida:
7
-19 o‘rinni egallagan The University of Melbourne universitetining Master of
Engineering (Biochemical) yo‘nalishi (fan yoki fanlar nomi) fani dasturi;
-134 o‘rinni egallagan Universiti Putra Malaysia (UPM) universitetining Bachelor of
Science in Biotechnology with Honours yo‘nalishi (fan yoki fanlar nomi) fani dasturi;
- 118 o‘rinni egallagan University College Dublin Microbiology, BSc (Hons) dasturlari
tahlil qilinib, o‘quv dasturiga yangi 5 ta mavzular bilan boyitilib, Oqsillarni olish
texnologiyasi, antibiotiklarni olish texnologiyasi, fermentlar muhandisligi, bacterial
preparatlar olish texnologiyasi va aminokislotalarning sintezi kabi yangiliklar kiritildi
Xalqaro OTM dasturlariga linklar:
1.
https://www.ntu.edu.sg/cceb/admissions/detail/bachelor-of-engineering
(Nanyang
Technological
University,
Singapore
(NTU
Singapore))
https://geo.uoregon.edu/sites/default/files/202202/Contemporary%20Issues%20In%20Science%20Bread%20101%20Syllabus.pdf
2.
https://www.cs.tum.de/en/study/bachelor/chemical-biotechnology (University of
Munich)
https://biotech.msu.ru/ (Moskow State University)
Fan uchun ma’sul:
PhD Shukrullozoda R.Sh.
Kafedra mudiri:
PhD Xasanov N.S.
8
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti,
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Biotexnologiya va
o‘simliklar genomikasi kafedrasi o’qituvchisi R.Sh.Shukrullozoda tomonidan
70710201 -Biotexnologiya yo’nalishi kunduzgi bo’lim magistr talabalari uchun
ishlab chiqilgan “Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” o’quv fan dasturiga
TAQRIZ
“Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” fani orqali talabalar biotexnologik va
sanoat ishlab chiqarish tizimlaridagi asosiy texnologik jarayonlar, ularni amalga
oshiruvchi qurilmalar, ularning ishlash tamoyillari hamda zamonaviy muhandislik
yondashuvlariga asoslangan loyihalash metodlari haqida chuqur bilimlarga ega
bo‘ladilar.
Fan dasturi davlat ta’lim standarti (DTS) talablariga to‘liq mos ravishda ishlab
chiqilgan bo‘lib, ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy va laboratoriya ishlari hamda
mustaqil ta’lim mavzulari o‘zaro uzviylikda va tizimli asosda tashkil etilgan. Fanni
o’zlashtirish natijasida talabalar issiqlik, massa va modda almashinuvi, fermentatsiya,
aralashtirish, ajratish, quritish kabi asosiy jarayonlar va ular bilan bog‘liq texnologik
qurilmalar haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.Fan doirasida,
shuningdek, texnologik liniyalarni to‘g‘ri tanlash, ularni ekspluatatsiya qilish, ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish, energetik va ekologik xavfsizlikni ta’minlash kabi
dolzarb masalalar ham keng yoritilgan. Bularning barchasi talabalarni sanoat
biotexnologiyasi sohasidagi real muammolarni aniqlash va hal etishga tayyorlashga
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, “Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” fani nafaqat
nazariy bilimlarni, balki amaliy muammolarni tahlil qilish va texnologik yechimlar
ishlab chiqish bo‘yicha ham tayyorgarlikni ta’minlaydi. Fan mavzulari tuzilishi
jihatidan zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, raqobatbardosh, malakali
biotexnolog-mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
9
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti,
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti, Biotexnologiya va
o‘simliklar genomikasi kafedrasi o’qituvchisi R.Sh.Shukrullozoda tomonidan
70710201 -Biotexnologiya yo’nalishi kunduzgi bo’lim magistr talabalari uchun
ishlab chiqilgan “Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” o’quv fan dasturiga
TAQRIZ
“Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” fani biotexnologiya sohasida nazariy va
amaliy jihatdan chuqur bilimga ega, zamon talablariga javob beradigan,
raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi. Bu fan orqali
talabalar biotexnologiya, sanoat, ishlab chiqarish sohalaridagi mavjud texnologik
liniyalar va ularning qurilmalarini tanlash, ularni ekspluatatsiya qilish,
optimallashtirish va zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha
zarur bilimlarga ega bo‘ladilar.
Mazkur fan bo’yicha fan dasturida berilgan ma’ruza mashg‘ulotlari, amaliy,
laboratoriya ishlari va mustaqil ta’lim mavzulari uzviylikda va tizimli asosda tashkil
etilgan. Fan doirasida biotexnologik ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan issiqlik,
massa va modda almashinuvi, aralashtirish, ajratish, fermentatsiya, quritish kabi asosiy
jarayonlar, shuningdek, bu jarayonlarni amalga oshirishda foydalaniladigan texnologik
uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ishlash rejimlari va parametrlarining nazorat
usullari keng yoritib beriladi. Shuningdek, fan doirasida zamonaviy muhandislik
yondashuvlariga asoslangan holda jarayon va qurilmalarni loyihalash, energetik
samaradorlikni oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib
chiqiladi. Bu esa talabalarda nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni
ham shakllantirishga xizmat qiladi.
“Bioreaktorlar, apparatlar va jarayonlar” fani 70710201 -Biotexnologiya
yo’nalishi kunduzgi bo’lim magistr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga
biotexnologik va sanoat ishlab chiqarish jarayonlarining nazariy va amaliy asoslarini
o‘rgatish, ularni zamonaviy texnologik uskunalar va jarayonlar bilan tanishtirish,
texnologik tizimlarni boshqarish va optimallashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan fanlaridan biridir. Mazkur fan dasturi oliy ta’lim muassasalari uchun ishlab
chiqilgan davlat ta’lim standarti (DTS) talablariga to‘liq javob beradi.
10