Uploaded by quvonovak

O'zbek va turk taom nomlarining tilshunosligi

II BOB. Gastronomik birliklarning yasalish usullari
2.1. Sodda gastronomik birliklar
Tildagi muayyan usul va vositalar yordamida yangi so‘z hosil qilish so‘z yasalishi
deyiladi. Tilshunoslikda „so‘z yasalishi“ termini ikki ma'noda qo‘llanadi: bir
tomondan, tilda yangi so‘z hosil qilish jarayonining o'zini bildiradi, ikkinchi
tomondan esa, tilshunoslikning so‘z yasalish tizimini o‘rganuvchi bo'limini
bildiradi. So‘z yasalishi tilda mayjud bo‘lgan so‘z yasalishi tarkibini va so'z
yasalishi usullarini o‘rganadi. So‘z yasalishi tizimi morfemika bilan uzviy
bog'langan. Chunki so‘zning ma’noli qismlari morfemalar (o‘zak morfema va
affiksal morfema) tilda yangi so‘z hosil qilishning eng muhim elementlari
hisoblanadi. So‘z yasalish bo'limi leksikologiya bilan ham uzviy bog‘liq.
Grammatika esa so‘z yasalishi jarayonini boshqaradi, yangi yasalgan so'zlarning
qaysi so‘z turkumiga tegishli ekanligini bildiradi. So‘z yasalishi va shakl hosil
qilishda ko‘pincha bir xil yoki bir- biriga yaqin affikslarning ishlatilishi esa so‘z
yasalishi bo‘limining bevosita morfologiya bilan bog‘langanligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, so'z yasalishining boshqa usullari uning fonetika va sintaksis bilan
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. So‘z yasalishi tarkibi so'zning morfem tarkibidan
ham, so'zning morfologik tarkibidan ham farq qiladi. So'zning morfem tarkibida
har bir so'z ma'noli qism morfemaga ajratiladi. Jumladan, aqllilik so‘zi uch
morfemaga bo‘linadi: aql+li+lik. So‘z yasalishi tarkibida esa bu so‘z yasalish asosi
va yasovchi affiks nuqtayi nazaridan aqlli+lik tarzida 2 qismga ajratiladi. So'zning
morfologik tarkibida asosan shakl yasalish asosi va shakl yasovchi vosita
aniqlanadi. So‘z yasalishi tarkibida esa so‘z yasalish asosi va so‘z yasovchi affiks
ajratiladi. Demak, so‘z yasalishi tarkibida so‘zning leksik ma’no anglatadigan
qismi, so'zning morfologik tarkibida esa grammatik ma'no ifodalovchi qismi tahlil
qilinadi.
So‘z yasalishi asoslari. So'z yasalishi asosi bo'lib kelgan leksema tub yoki
yasama bo'ladi. Tub leksema morfemalarga bo'linmaydi: ish+la+rim, bil+aman, o‘
qi +dim, sez + gansan kabi so'zlarning ish, bil, o ‘qi, sez qismi tub leksema bo'lib,
o'zakka teng keladi. Yasama leksema esa tub leksemaga yasovchi affiks qo'shilishidan yoki birdan ortiq leksemaning qo'shilishidan hosil bo'ladi: ish+chi, bil+im,
sez+gir, zamon+dosh, chim+qirqar, sho'r+ quduq kabi. So‘z yasalishi, qanday usul
bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilish demakdir: ish+chi - ishchi, hozir+javob
hozirjavob. Hozirgi o'zbek tilida yasama so'zlar juda ko‘p. Lekin ular yasalishiga
ko'ra 2 xif boMadi: 1. Hozirgi (sinxron) so‘z yasalishi. 2. Tarixiy (diaxron) so‘z
yasalishi. Sinxroma (bir vaqtlilik) va diaxroma (har vaqtlilik) o‘zaro Oziq-ovqat
nomlari har bir tilda alohida leksik qatlamni tashkil qiladi. Bu nomlar xalqning
turmush tarzi, urf-odatlari, tarixiy taraqqiyoti va madaniy hayoti bilan uzviy
bog‘liq. Ular til leksikasining muhim qismini tashkil qilgan holda, so‘z yasash
jarayonlarining faol namunasi sifatida o‘rganiladi. Oziq-ovqat nomlari har bir
xalqning madaniyati, yashash tarzi, urf-odatlari va tili bilan chambarchas bog‘liq.
Oziq-ovqat nomlari tilda turli xil yasalish yo‘llari orqali hosil qilinadi. Bu
jarayonda mavjud so‘zlar semantik kengayish, affikslar qo‘shilishi, so‘z
birikmalari yoki boshqa tillardan o‘zlashish yo‘li bilan yangi ma’nodagi birliklarga
aylanadi. Bu esa tilning boyishiga, yangi tushunchalarni ifodalash imkoniyatining
kengayishiga xizmat qiladi. O‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida tub so‘z
shaklidagi taom nomlari qadimgi davrlardan boshlab hozirgacha qo‘llanilib
kelmoqda. Ularda yasama so‘zlik holati kuzatilmaydi: masalan, nan, pәtir,
palav,shәvlә, tѳsh, sayыsh, talsan, gѳdjә, zagara, chѳrәk, sѳk kabi. Hozirgi
davr nuqtai nazardan ba’zi tub so‘z hisoblangan taom nomlari tarixan yoki
diaxronik planda yasama nom bo‘lgan bo‘lishi mumkin: masalan, bavursas
bәrәk, sыmыz, chubat, saymas, sүmәlәk, mәstәvә, manti, somsa, gѳmmә
kabi.Bu taom nomlarining ko‘pchiligi tarixan diaxronik planda yasama ot
shaklida yuzaga kelgan bo‘lsa ham, ularning yasamaligi hozirgi davr nuqtai
nazardan sezilmas holga kelib qolgan.
Biz bilamizki, soda so‘zlar ham ikki turga bo‘linadi
1) Sodda tub
2) Sodda yasama
Sodda tub so‘zlar-tarkibida yasovchi qo‘shimchasi bo‘lmagan so‘zlardir.
Sodda tub so‘zlar — tilda hech qanday so‘z yasovchi qo‘shimcha olmagan, bir
ildizdan iborat va mustaqil ma’no ifodalaydigan so‘zlardir. Masalan: non, sut, tuz,
go‘sht, yog‘, asal, un, suv kabi so‘zlar.Ular o‘zbek tilining eng qadimiy qatlamiga
kiradi. Bunday so‘zlar odatda hayot uchun zarur narsalarni bildiradi: tabiat, inson
tana a’zolari, ranglar, hayvonlar, va ayniqsa — ovqat nomlari.Demak, “sodda tub
oziq-ovqat nomlari” deganda eng qadimiy, yasalmagan, bir so‘zli taom yoki
mahsulot nomlari tushuniladi.
Sodda oziq-ovqat nomlari odatda bir so‘zdan iborat bo‘lib, ko‘p hollarda tabiiy
mahsulotlar yoki kundalik iste’mol qilinadigan taomlarni bildiradi. Masalan: non,
sut, go‘sht, asal, tuz, yog‘ kabi so‘zlar o‘zbek tilida eng qadimiy va asosiy oziqovqat nomlaridan hisoblanadi.Turk tilida esa ularning muqobillari: ekmek, süt, et,
bal, tuz, yağ tarzida ishlatiladi. Quyidagi jadvalda ayrim misollar keltirilgan:
O‘zbekcha Turkcha
Ma’nosi (tarjimasi)
Non
Ekmek
Xamir mahsuloti, asosiy taom
Sut
Süt
Sigir yoki boshqa hayvon suti
Yog‘
Yağ
Yog‘ (o‘simlik yoki hayvon yog‘i)
Go‘sht
Et
Hayvon go‘shti
Asal
Bal
Ari mahsuloti
Tuz
Tuz
Ta’m beruvchi modda
Baliq
Balık
Suv hayvoni
Guruch
Pirinç
Dondan tayyorlanadigan mahsulot
Meva
Meyve
Daraxt hosili
Nonushta Kahvaltı Ertalabki ovqatlanish
Ko‘rinib turibdiki, so‘zlarning aksariyati fonetik jihatdan juda yaqin. Ba’zilari esa,
ma’no jihatdan bir xil bo‘lsa-da, shakl jihatdan biroz farq qiladi.
Ba’zi hollarda o‘zbek va turk tillaridagi so‘zlar o‘xshash bo‘lsa-da, talaffuzda
farqlar mavjud. Masalan:

Turk tilidagi yağ so‘zida “ğ” tovushi yumshoq, cho‘ziluvchi tovush sifatida
aytiladi, o‘zbekchadagi “yog‘” esa qattiqroq talaffuz qilinadi.

Balık (turkcha “baliq”) so‘zida “ı” unli tovushi o‘zbekchadagi “i”ga
o‘xshash bo‘lsa-da, talaffuzda farq seziladi.

Pirinç so‘zi o‘zbekchada “guruch” deb ataladi. Bu esa umumiy ildizdan
emas, balki boshqa tildan kirgan leksik farqni ko‘rsatadi.
O‘zbek va turk tillaridagi oziq-ovqat nomlari o‘xshashligi uch turga bo‘linadi:
1. To‘liq o‘xshash so‘zlar: tuz – tuz, asal – bal, sut – süt.
2. Qisman o‘xshash so‘zlar: yog‘ – yağ, baliq – balık, non – ekmek.
3. Umumiy ma’nodagi, ammo turli shakldagi so‘zlar: guruch – pirinç, meva
– meyve, sabzi – havuç.
Bu farqlar tildagi tabiiy evolyutsiya, madaniy almashinuv va mintaqaviy ta’sirlar
natijasidir.
O‘zbek tilida sodda oziq-ovqat nomlari, asosan, ot turkumiga mansub bo‘lib,
ko‘plik (-lar), egalik (-im, -ing, -i) va kelishik qo‘shimchalari bilan
o‘zgaradi:nonlar, sutim, yog‘da, guruchni, baliqqa.Turk tilida ham xuddi shu
jarayonlar sodir bo‘ladi:ekmekler (nonlar), sütüm (sutim), yağda (yog‘da), pirinci
(guruchni), balığa (baliqqa).Demak, grammatik tuzilish jihatidan ham bu ikki tilda
o‘xsh ashlik mavjud.
Morfologik usul bilan yasalgan taom nomlarida ularning qanday usulda
tayyorlanganligi, nimadan tayyorlanganligi, qaerga va nimaga nisbat berilishi kabi
ma’nolar anglashiladi. Bular jumlasiga -mә/ma,
-lы/li, -mach, -q(-ыq), -
maq/mәk, -mыsh, -daq kabi affikslar kiradi. Ular taom ma’nosini bildiruvchi
nomlar yasashda faol ishtirok qiladi.
-mә/ma affiksi eng qadimgi davrlardan hozirgacha taom ma’nosini
bildiruvchi nomlar hosil qilishda eng faol hisoblanib, bu qo‘shimcha yordamida XI
asr yozma yodgorliklarida ham taom nomlari yasalganligini ko‘rish mumkin.
Masalan: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida qatma,
bulg‘ama, uziytma1, Alisher Navoiy asarlarida: Va qimizni va suzmani, va
boxsumni va bo‘zani dag‘i turkcha ayturlar, va yana ba’zi yemaklardin qaymog‘
va qatlamani va bulamog‘ va qurut va ulobani ham turkcha ayturlar2 kabi taom
nomlarining uchrashi, bu qo‘shimchaning turkiy xalqlar tilida eng qadimgi shakl
sifatida qo‘llanilib kelayotganligini ko‘rsatadi.
-mә/ma affiksi orqali yasalgan taom nomlari qanday usulda taom
tayyorlanishini,
taomlarning
tovushga
taqlid
so‘zdan
hosil
mo‘ljallanganlik belgisini bildiruvchi kabi ma’nolarni bildiradi:
bo‘lishini,
үytmә, үzmә,
sүzmә, salma, qatыrma, djarma, dog‘rama//tuvrama, vag‘lama kabi.
-mach affiksi hozirgi davrda taom nomlarini bildiruvchi nomlar yasashda
kammahsul qo‘shimchadir. Uning qo‘llanishi va so‘z yasash doirasi ko‘proq til
tarixi va uning qadimgi davrlari bilan bog‘liq. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan taom
nomlari tilimiz tarixiga oid yozma yodgorliklarda ham uchraydi: tutmach,
qag‘urmach3, qovurmoch4, bazlamach5 kabi.
O‘zbek adabiy tilida ko‘p qo‘llanadigan -ik, -q(-ыq), -maq(-mәk), -g‘ы,
mыsh kabi affikslar yordamida yasalgan taom nomlari Qoraqalpog‘iston o‘zbek
shevalarida kam uchraydi. Masalan, irimchik, chүykildәvik, pыtraq, turaq
djыzzыq, quymaq, gidirmәk, chalg‘ы, qurmыsh kabi.
Turkolog olim E.V.Sevortyan “irimchik” so‘zi qipchoq guruhiga xosligini,
iri- qismi yiri- bilan bir o‘zakka ega ekanligini, iri so‘zi achimoq, suzmaga
(tvorogga)
aylanmoq
ma’nolarini
bildirishini, iri-
fe’liga
-m
shaxs-son
qo‘shimchasi, -chik kichraytirish affiksi qo‘shilganini ta’kidlaydi6.
Кошғарий М. Девону луғотит турк. – Тошкент, 1960. Т. I. – Б. 161-453.
Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Фан, 1985. Т.IV. – Б. 52-81.
3
Кошғарий М. Девону луғотит турк. – Тошкент, 1960. Т.I. – Б. 454.
4
Навоий асарлари луғати. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1972. – Б. 135.
5
Чингий М.Ё. Келурнома. – Тошкент: Фан, 1982. – Б. - 81-95.
6
Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков. – М.: 1974. – С. 373.
1
2
Chүykildәvik taom nomi esa chүykildә- taqlid so‘z hosil bo‘lgan fe’l asosiga
-v harakat nomi shakli, -ik ot yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida yasalgan
bo‘lib, sut, guruch va qovoqdan tayyorlanadigan taom nomini bildiradi.
Yuqoridagi yasama asosli taom nomlarining yasalish xususiyatiga ko‘ra
aytish mumkinki, Qoraqalpog‘istonda yashovchi
o‘zbek shevalarida turkiy
qatlamga oid ko‘rinishlari ko‘p qo‘llaniladi, fors-tojik tiliga xos yasalgan (-i, xo‘r, -ona) taom nomlari deyarli uchramaydi.
Tilshunoslikda sodda yasama so‘z deganda — bitta so‘z ildizidan so‘z yasovchi
qo‘shimcha orqali hosil bo‘lgan so‘z tushuniladi.Masalan:
o‘zbek tilida: nonchi, sutli, yog‘siz, tuzlamoq
turk tilida: ekmekçi, sütlü, yağsız, tuzlamak.
Bu so‘zlarda bir asos (tub so‘z) va yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan. Shu bois
ular “sodda yasama” deyiladi.
-chi / -chi qo‘shimchasi bilan yasalgan so‘zlar
Bu qo‘shimcha ko‘pincha kasb, faoliyat egasini bildiradi, ammo oziq-ovqat
nomlarida “taom tayyorlovchi” yoki “taom sotuvchi” ma’nosini beradi:
Asos so‘z Yasama so‘z
Ma’nosi
non
nonchi
non pishiruvchi kishi
somsa
somsachi
somsani tayyorlovchi yoki sotuvchi
palov
palovchi
palov tayyorlaydigan odam
qand
qandchi
shirinlikchi, qand savdosi bilan shug‘ullanuvchi
sut
sutchi
sut sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi
li / -siz qo‘shimchalari bilan yasalgan so‘zlar
Bu qo‘shimchalar sifat yasovchi bo‘lib, ovqat nomlarida mahsulotning tarkibi
yoki mavjudligini bildiradi.
Ma’nosi
Asos Yasama shakl
yog‘ yog‘li
yog‘i bor, yog‘da pishirilgan
yog‘ yog‘siz
yog‘ ishlatilmagan
tuz tuzli
tuzi bor, sho‘r
tuz tuzsiz
tuzi yo‘q
sut
sutli
sutdan tayyorlangan (masalan, sutli choy)
sut
sutsiz
sutsiz mahsulot
Bunday so‘zlar oziq-ovqat turlarini farqlash uchun xizmat qiladi: yog‘li somsa,
sutli osh, tuzsiz salat kabi.
-ma / -ma taom yasovchi qo‘shimchasi
Bu qo‘shimcha o‘zbek tilida ko‘plab taom nomlarini hosil qilgan:
Asos Yasama shakl
Ma’nosi
qovur qovurma
yog‘da qovurilgan taom
tuzla tuzlama
tuzlangan sabzavot yoki go‘sht
qimiz qimizlama
qimiz aralashgan ichimlik
Turk tilida ham xuddi shu so‘z yasash tizimi mavjud, ammo fonetik va
morfologik jihatdan ba’zi farqlar bor.
-ci / -çı / -çu / -cü qo‘shimchalari
Bu qo‘shimcha o‘zbek tilidagi “-chi” bilan bir xil vazifani bajaradi:
Asos Yasama so‘z
ekmek ekmekçi
Ma’nosi
non pishiruvchi yoki sotuvchi
Asos Yasama so‘z
Ma’nosi
kebap kebapçı
kebab tayyorlovchi yoki sotuvchi
süt
sut sotuvchi
sütçü
yoğurt yoğurtçu
yogurt ishlab chiqaruvchi
balık balıkçı
baliqchi, baliq sotuvchi yoki tutuvchi
li / -sız qo‘shimchalari
O‘zbek tilidagi “-li/-siz” bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. u so‘zlar taomning
sifatini bildiruvchi asosiy birliklardir.
Asos Yasama so‘z
Ma’nosi
yağ yağlı
yog‘li, moyda tayyorlangan
yağ yağsız
yog‘siz
tuz tuzlu
tuzli
tuz tuzsuz
tuzsiz
ma / -me qo‘shimchasi
O‘zbek tilidagi kabi taom nomlari yasovchi ot hosil qiluvchi qo‘shimchadir:
Asos Yasama so‘z
Ma’nosi
kızart kızartma
qovurilgan taom
tuzla tuzlama
tuzlangan mahsulot
kavur kavurma
qovurilgan go‘sht
haşla haşlama
qaynatilgan taom
pişir pişirme
pishirilgan ovqat
Qiyosiy tahlil: o‘xshashlik va farqlar
O‘zbekcha Turkcha
Ma’nosi
Farqi
nonchi
ekmekçi non sotuvchi
sutli
sütlü
sutdan tayyorlangan fonetik farq
yog‘siz
yağsız
yog‘siz mahsulot
tuzlama
tuzlama tuzlangan taom
ildiz farqi (non/ekmek)
talaffuzdagi yumshoqlik
to‘liq mos
Ko‘rinib turibdiki, yasama modellarning morfologik strukturalari bir xil, farq
esa tovush tizimi va asosiy ildizda.
2.2.Qo‘shma oziq-ovqat nomlarining yasalishi.
Tilshunoslik fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri — so‘z yasalishi va leksik
tizimni o‘rganishdir. Har bir tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi, ularning
tuzilishi va semantik taraqqiyoti jamiyat madaniyati, turmush tarzi, an’anaviy
qadriyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, oziq-ovqat nomlari xalqning
turmush tarzini, milliy taom madaniyatini va tarixiy tajribasini aks ettiruvchi
muhim leksik qatlamdir. Shu boisdan, oziq-ovqat nomlarining yasalish
mexanizmini o‘rganish til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarni yoritishda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tillar oilasiga mansub o‘zbek va turk tillari umumiy ildizga ega bo‘lib,
ularning leksik va grammatik tizimlarida o‘xshashliklar ko‘p uchraydi. Shunga
qaramay, har bir tilda tarixiy, ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida o‘ziga xos so‘z
yasash modellari shakllangan. Bu ayniqsa qo‘shma so‘zlar, jumladan, qo‘shma
oziq-ovqat nomlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi nonvoyxona,
osh-suv, choyshakar singari birliklar turk tilidagi bal kabağı, sütlaç, çay şekeri
kabi nomlar bilan qiyoslanganda, strukturaviy va semantik jihatdan o‘xshashlik
hamda farqlar mavjud.
Shu jihatdan, o‘zbek va turk tillaridagi qo‘shma oziq-ovqat nomlarining yasalish
xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish ikki xalqning til tizimi va madaniy tafakkurini
solishtirish imkonini beradi.
Tilning asosiy birligi — so‘z, leksik tizimning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
So‘z yasalishi esa tilning rivojlanish manbalaridan biridir. So‘z yasashning eng
qadimiy va sermahsul usullaridan biri — bu qo‘shma so‘z yasashdir.
Qo‘shma so‘zlar — bu ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zlarning ma’no va shakl
jihatdan qo‘shilishi natijasida yangi, bitta ma’noli leksema hosil bo‘lishidir.
Masalan, o‘zbek tilida nonvoyxona, ko‘kchoy, suvbo‘y kabi so‘zlar; turk tilida esa
bal kabağı, çay şekeri kabi birliklar qo‘shma so‘zlarga misol bo‘la oladi.
O‘zbek va turk tillari juda boy gastronomik terminologiyaga ega. Oziq-ovqat
mahsulotlari, taomlar, ichimliklar, nonvoylik va sut mahsulotlariga oid nomlar
xalqning ko‘p asrlik tajribasini, milliy madaniyatini, iqlimiy va tarixiy sharoitini
aks ettiradi. Shu bois, oziq-ovqat nomlari tizimi tilda eng qadimiy va faol
qatlamlardan biri hisoblanadi. Mazkur qatlamda qo‘shma so‘zlar alohida o‘rin
tutadi. Chunki o‘zbek tilida yangi taom, ichimlik yoki oziq-ovqat turi
yaratilganida, u ko‘pincha ikki yoki undan ortiq leksemaning qo‘shilishi orqali
nomlanadi.
Qo‘shma so‘zlar bir necha belgiga ega:

ular bir butun leksik birlik sifatida ishlatiladi;

tarkibiy qismlari (komponentlari) o‘z mustaqilligini yo‘qotadi;

yangi ma’no hosil qiladi, bu ma’no alohida qismlarning yig‘indisiga teng
emas;

tuzilish jihatidan barqaror bo‘ladi va ko‘pincha lug‘atlarda alohida birlik
sifatida qayd etiladi.
Masalan, o‘zbek tilidagi nonvoyxona — “non pishiriladigan joy” ma’nosini
bildiradi. Biroq bu so‘z non, voy, xona so‘zlarining oddiy qo‘shilmasi emas, balki
yangi semantik birlik sifatida ishlatiladi.
Tilshunoslikda qo‘shma so‘zlar bir necha belgilarga ko‘ra tasniflanadi:
1. Tarkibiy tuzilishiga ko‘ra: ikki komponentli (ko‘kchoy) va ko‘p
komponentli (nonvoyxona, mevazorlari).
2. Yasalish usuliga ko‘ra: so‘z birikmasidan qo‘shilish, takrorlash, qisqarish,
fonetik o‘zgarish yo‘li bilan hosil bo‘lganlar.
3. Ma’no aloqasiga ko‘ra: ma’no jihatdan teng (bir-biriga parallel) va
bo‘ysunuvchi qo‘shma so‘zlar. Masalan, osh-suv so‘zi parallel
komponentlardan (ikki teng qismdan) tashkil topgan bo‘lsa, oshpaz so‘zida
ikkinchi komponent — paz (forscha “pishiruvchi”) — birinchisiga ma’no
jihatdan bo‘ysunadi.
Turk tilida ham shunga o‘xshash holatlar mavjud: çay şekeri (choy uchun shakar),
bal kabağı (asal qovoq, ya’ni maxsus turdagi qovoq), et suyu (go‘sht suvi, ya’ni
sho‘rva). Bu birliklarda birinchi komponent ikkinchi komponentni aniqlaydi yoki
to‘ldiradi.Qo‘shma so‘zlarning yasalishida tilning ichki qonuniyatlari muhim o‘rin
tutadi. Har bir tilda morfologik va sintaktik modellar shakllangan bo‘lib, ular yangi
so‘z yasash jarayonida tayanch rol o‘ynaydi.
Taom nomlari yasalishida sintaktik usul morfologik usulga nisbatan
ko‘pchilikni tashkil qiladi. Sintaktik usul bilan yasalgan taom nomlarini tashkil
etgan komponentlar semantik, grammatik va intonatsion jihatdan birikib, yaxlit
leksik butunlikka aylanib ketganlar7.
Taom nomlari ikki yoki undan ortiq komponentlarning o‘zaro birikib kelishi
orqali hosil bo‘ladi. Masalan, palav nomi biror so‘zni
qo‘shish yo‘li bilan
palovning turlarini ifoda qiluvchi taom nomlariga asos bo‘lishi mumkin: sүzmә
palav, buvday palav, ichәk-qarыn palav, beyыlы palav, mәyәk palav va hokazo.
7
Ҳожиев А. Ўзбек тилида қўшма, жуфт ва такрорий сўзлар. – Тошкент, 1963. – Б. 13-17.
Bunday usul bilan shәvlә, kүrtik, gөmmә, somsa kabi taom nomlari ham birmuncha
nom yasalishiga xizmat qilishi mumkin. Bu hol ko‘proq birikma tipidagi taom
nomlarining ko‘payishi uchun zamin hozirlaydi. Shu sababli ham bizning
materiallarimizda birikma tipidagi taom nomlari asosiy qismni tashkil qiladi. Bu
taom
nomlarining
qancha
so‘zdan
tashkil
topishi,
bog‘lanish
usullari,
komponentlari orasidagi munosabatlar rang-barang bo‘lib, o‘zbek tilida so‘zlarning
bog‘lanishi qonuniyatlarini to‘la aks ettiradi.
Ot+ot tipida yasalgan taom nomlari: tөshәp, qatыg‘ash, үnashы, maysөk,
maybыlamыq, sүtgүrich//sүtbүrүnch, mәshpalav, sөk talqan, nan talqan, nan
shorpa, buvday palav, kәdi bәrәk, gөsh bөrәk, yumыrta bәrәk, uvыz bәrәk, qavaq
manti, buvday quvыrmach, djүvari quvыrmach, gөsh quvыrdaq, yumыrta
quvыrdaq, kәdi quvыrdaq, balыq kabap, balыq shorpa, balыq qarma, balыq
dыmlәmә, balыq palav, balыq quvыrdaq, kәdi somsa, kәdi gөmmә, gәshir gөmmә,
zamarыq gөmmә, qavun tөshәp, djүvari shәvlә, djigildik bыlamыq, qavun
m’rabba, gәshir m’rabba, djүvari talqan, djiydә iydjan, chәkiydә qayыsh, djүvari
kүrtik kabi birikma tipidagi taom nomlari nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularning ikkala
qismi ham nominativ vazifa bajaradi. Bu, bir tomondan, mazkur ovqat turlarining
o‘sha narsalar ishtirokida tayyorlanishini bildirsa, ikkinchi tomondan birlamchi va
asosiy taom nomlarining ot turkumidagi so‘zlardan bo‘lishini, uchinchidan, bu tip
birikmalar hosila taom nomlari ekanligini ko‘rsatadi.
Sifat+ot: bunda sodda tarkibli taom nomining birinchi komponenti asliy
sifatdan
ifodalangan
bo‘ladi.
Bularga:
sarыyag‘//sarыmay,
aqsыqman,
aqshalg‘am, kөkbыlamыq, gөk gөmmә//kөk gөmmә, gөk bәrәk, kөk pәtir, qыzыl
pәtir, kөk chay, qara chay, mәydә kүrtik, qaq balыq, yaxna qoy kabi. Nisbiy sifatli
sodda tarkibli taom nomlarida boshqa turkumlardagi so‘zlardan sifat yasaladi va
taomlarning xilini hosil qiladi. Bu tip sodda tarkibli taom nomlarini hosil qilishda
quyidagi qo‘shimchalar katta rol o‘ynaydi: -lы qo‘shimchasi: qavaqlы qыrmыch,
gөshlы nan, pyazlы qatlama, qatыqlы chәlpәk, qavunlы chәlpәk, sarыyag‘lы
palav, beyыlы palav, ballы chay, shalg‘amlы djarma, shorpalы quvыrdaq,
qavaqlы kүrtik, ayranlы үnashы, qarmыzlы tөshәp kabi; -ma(mә) qo‘shimchasi:
asma shorpa, salma kүrtүk, sүzmә palav, үzmә kүrtүk kabi.
Sifatdosh+ot birikmalarida ham taom turi ifodalanadi: dudlang‘an balыq,
quvыrыlg‘an balыq, quvыrыlg‘an uvыldыrыq, achыg‘an gөdjә kabi.
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida ot+ot+ot tipidagi kәllәbashayaq taom
nomi uchraydi. Bu taom nomi boshqa dialektlarda va adabiy tilda kalla-pocha
tarzida juft so‘z shaklida qo‘llanadi. Fors-tojik tilidan kirib kelgan “kalla” so‘zi
yoniga umumturkiy so‘z bo‘lgan “bosh” so‘zini qo‘shib “kәllәbashayaq” deb
atashadi. Bu birikmadagi bash so‘zi ortiqcha qo‘llangan. Bu holat qo‘shimchalarni
qo‘shishda ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, yog‘ingarchilik, namgarchilik
so‘zlaridagi forscha qo‘shimcha -gar pleonastik qo‘llangan, ya’ni u -chi
qo‘shimchasi bilan vazifadosh, ammo shunday qo‘llanish adabiy til me’yori
sifatida
qabul
qilingan.
Shu
sababli
-gar
qo‘shimchasining
pleonastik
qo‘llanganligi unchalik sezilmaydi. “Kәllәbashayaq” taom nomidagi pleonazm
adabiy me’yorda qabul qilinmagan.
Juft so‘z tipidagi taom nomlari
o‘rganilayotgan hudud aholisi tilida kamunum hisoblanadi. Masalan, achchыchuchchы, ichәk-qarыn, djыz-bыz, qәnimә-qәnim kabi.
Sintaktik usul bilan ishlatiladigan mahsulotiga ko‘ra turlarini farqlash orqali
ham ko‘plab oziq-ovqat nomlarini hosil qilishimiz mumkin.Masalan: mantini
oladigan bo‘lsak qovqoqli, ismaloqli, go‘shtli, kartoshkali manti turlari
mavjud.Bundan tashqari limonli choy, olmali sharbat,olchali kompot, bananli
yogurt, grechka palov, tvarogli pirog, snekrsli tort, sedanali non, piyoz non, keskan
osh,sutli osh kabilarni ham kiritishimiz mumkin. Bunday holatni turk tilida ham
uchratishimiz mumkin. Mercimek Çorbası, İşkembe Çorbası (Ichak shorvasi),
Sebze Çorbası (Sabzavotli shorva),
Balık Çorbası (Baliqli shorva) kabilarni
olishimiz mumkin.
Ayni bir hudud yoki joy nomlarini oziq-ovqat nomlariga qo‘shish orqali ham
qo‘shma oziq-ovqat nomlarini hosil qilishimiz mumkin. Masalan:uyg‘urcha
lag‘mon, samarqand non, jizzax somsa, g‘ijdivon shashlik, olot somsa, tog‘ olcha.
Turk tilida esa Adana Kebap, İzmir Köfte, Antep Baklavası.
Bundan tashqari oziq-ovqat nomlari semantik usul bilan ham yasalishi
mumkin. Semantik usul bilan yasalgan taom nomlari. Tilda mavjud bo‘lgan so‘z
ma’nosining o‘zgarishi, leksema tarkibidagi leksik ma’nolar orasidagi aloqaning
uzilishi natijasida so‘z yasalishi semantik usuldir8.
O‘zbek tilshunosligida pazandachilik leksikasini maxsus o‘rgangan
N.Ikromova semantik usul bilan yasalgan qushtili, salla, varaqi taom nomlarini
o‘z tadqiqotida keltirib o‘tgan9. Bu tarmoq bo‘yicha o‘tmishda ham, hozirda
ham maxsus taom nomlari hosil bo‘lgan va bu jarayon davom etaveradi. Buni
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida qo‘llanadigan taom nomlari misolida ham
ko‘rish mumkin: qayыsh, pәchәk, qotыr bәrәk, chang‘alaq bәrәk kabi.
O‘rganilayotgan hudud o‘zbek shevalarida semantik usul bilan yasalgan
taom nomlarini
quyidagi ikki usulda o‘rgandik: sof semantik va semantik-
sintaktik10.
1. Sof semantik usul. Bu usul bilan yasalgan taom nomlarida so‘z shakli
o‘zgarmay, faqat ma’no ko‘chadi va ayni shunday ma’noni anglataveradi.
Masalan, qayish so‘zining asl ma’nosi “belga taqiladigan, tasma shaklidagi
belbog‘” ma’nosini anglatadi. Taom nomlarida ham qayыsh nomi uchraydi. Bu
taom xamiri yupqa yoyilib, tasmalardek kesiladi va qaynagan suvga
solib
tayyorlanadigan ovqat.
Pechak
so‘zining
asl
ma’nosi
–
chirmashib
o‘sadigan
gul11.
Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida shunday shaklli qandolat mahsulotining bir
turini pәchәk nomi bilan atashadi.
2. Semantik-sintaktik usul. Taom nomlarini hosil qilishda shu sohaga
tegishli bo‘lmagan biror leksik birlikning (o‘xshatilgan, nisbat berilgan va h.k.)
nomidan keyin, taom nomlari qo‘shilib kelib, yangi nom yasalgan: masalan,
o‘rganilayotgan hududning To‘rtko‘l tumanida chang‘alaq bәrәk taom nomi
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975. – Б.
111.
9
Икрамова Н. Узбекская кулинарная лексика: Дис. ... канд. филол. наук. – Тошкент, 1983. – С. 90.
10
Абдиев М. Касб-ҳунар атамаларининг таркиб топишида сўз ясашнинг семантик усули // Тил ва адабиёт
таълими. – Тошкент, 2002. – №5. – Б. 41-43.
11
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. «Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, учинчи
жилд. Н-Т. 2007. – Б. 249.
8
qo‘llanadi. Bu taom
paxta chanog‘iga o‘xshatilib tugilgani uchun shunday
nomlangan. Qoraqalpog‘iston o‘zbek shevalarida paxta chanog‘ini chang‘alaq
deb atashadi.
Qo‘tir so‘zi asli tibbiyotda qo‘llanilib, “badanda pufakchalar hosil qilib,
qattiq qichishtiradigan yuqumli teri kasalligi” ma’nosini bildiradi. Bu so‘z
zargarlik terminologiyasida ham ishlatilib, “rejjaga eritib quyilgan metallning
yuzida paydo bo‘lgan g‘adir-budurlar”12ni anglatadi. Bu taom nomlari guruhida
go‘sht qiymasi va tuxum aralashmasidan tayyorlanadigan barakning bir turini
bildiradi (qotыr bәrәk).
Mazkur so‘zlar til taraqqiyoti yoki undagi evolyusion taraqqiyot natijasida
avvalgi ma’nosidan boshqa ma’nolarni anglatuvchi, taom nomlari sifatida yangicha
ahamiyat kasb etgan va o‘sha narsalarning nomlarini bildiruvchi alohida so‘zga
aylangan. Ma’nodagi yaxlitlik shakliy yaxlitlikka olib kelgan, so‘z ma’nosida
semantik ajralish voqe bo‘lgan.
Пардаева И. Ўзбек тилининг заргарлик терминологияси: Филол. фанлари номзоди … дис. автореф.
– Тошкент, 1994. – Б. 15.
12